«Nege Siz hárdayım uzaq saparlarǵa ketesiz?»

Ózbekstan Respublikası Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaǵa saparı waqtında aqlıǵı Shavkatbekke xat jolladı. Xatta mámleket basshısı aqlıǵınıń sorawına juwap berip, óz moynındaǵı úlken juwapkershilik, balalıq estelikleri hám jas áwladtıń keleshegi haqqında pikir bildirgen.

Prezident óz xatında balalıq dáwirinde paxta atızlarında miynet etkenin eske alıp, Prezident bolıp jumıs baslaǵan dáwirde birinshi gezekte balalardı paxta atızlarınan mektepke qaytarıwǵa ayrıqsha itibar qaratqanın atap ótken.

Sonday-aq, jas áwladtı tereń bilim alıwǵa, shet tillerin úyreniwge, waqıttı qádirlewge shaqırǵan. Zamanagóy texnologiyalar hám jasalma intellektten durıs paydalanıw, biraq olarǵa ǵárezli bolıp qalmaw zárúrligin de eskertken.

Prezidenttiń bul xatındaǵı násiyatlar tek óz aqlıǵına emes, al Ózbekstannıń barlıq jas áwladına baǵıshlanǵan.

Húrmetli ata-analar, ustazlar hám qádirli oqıwshılar!

Bul mazmunlı xattı balalarıńız benen birge oqıp, onıń tereń mánisine itibar qaratıń. Sebebi, jas áwladtı bilimli, aqıllı, zamanagóy texnologiyalardı erkin iyelegen hám óz maqsetleri sari umtılǵan insan bolıp qáliplesiwi — bárshemızdıń ortaq wazıypamız.

Nókis rayonı 15-sanlı balalar muzıka hám kórkem óner mektebi jámááti jas áwladtı bilim alıwǵa, óner úyreniwge hám jarqın keleshekke umtılıwǵa shaqıradı.

—-

«Nega Siz doimo uzoq safarlarga ketasiz?»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iordaniyaga safari chog‘ida nabirasi Shavkatbekka maktub yo‘lladi. Maktubda davlatimiz rahbari nabirasining savoliga javob berib, o‘z zimmasidagi ulkan mas’uliyat, bolalik xotiralari hamda yosh avlod kelajagi haqida so‘z yuritgan.

Prezident o‘z maktubida bolalik davrida paxta dalalarida mehnat qilganini eslab, Prezident sifatida ish boshlagan ilk davrida bolalarni paxta dalalaridan maktabga qaytarish masalasiga alohida e’tibor qaratganini ta’kidlagan.

Shuningdek, yosh avlodni chuqur bilim olishga, xorijiy tillarni o‘rganishga, vaqtdan unumli foydalanishga chaqirgan. Zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish, biroq ularga qaram bo‘lib qolmaslik zarurligini ham eslatgan.

Prezidentning ushbu maktubidagi nasihatlar nafaqat o‘z nabirasiga, balki O‘zbekistonning barcha bolalariga qaratilgan ezgu tilaklardir.

Hurmatli ota-onalar, ustozlar va aziz o‘quvchilar!

Ushbu mazmunli maktubni farzandlaringiz bilan birgalikda o‘qib, uning mazmun-mohiyatiga e’tibor qarating. Zero, yosh avlodning bilimli, zukko, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan va o‘z maqsadlari sari intiluvchi insonlar bo‘lib voyaga yetishi barchamizning umumiy vazifamizdir.

Nukus tumani 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi yosh avlodni bilim olishga, san’atni sevishga va yorqin kelajak sari intilishga chorlaydi.